



About the Journal
Ommaviy axborot vositasining nomi: «Asliyat» Ilmiy Axborotnomasi», «Asliyat» Scientific Bulletin», «Asliyat» Научный вестник».
«Asliyat» ilmiy axborotnomasi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan 2026-yil 15-iyulda 1691910-sonli guvohnoma asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Ixtisoslashuvi va maqsadi: Mazkur jurnal O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mustaqil ilmiy izlanuvchilar hamda yosh tadqiqotchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalarini e’lon qilishga ixtisoslashgan. Nashr sahifalarida ilm-fanning dolzarb masalalari, xususan, filologiya, pedagogika, psixologiya, tarix, san’atshunoslik, madaniyatshunoslik, o‘zbek milliy musiqa san’ati, xalq og‘zaki ijodi va milliy madaniyatimiz taraqqiyoti bilan bog‘liq fundamental hamda amaliy tadqiqotlar yoritiladi. Shuningdek, jurnal milliy madaniyat va san’at namunalari hamda ularning ta’lim tizimida o‘qitilish metodikasi, mazmuni va tarixiy taraqqiyot bosqichlarini ilmiy-nazariy hamda qiyosiy tahlil asosida o‘rganishga bag‘ishlangan maqolalarni chop etadi.
Jurnal hamkori: Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda nashr etiladi.
Jurnal tili: «Asliyat» Ilmiy Axborotnomasi» jurnali davlat tilida yuritiladi, shu bilan birga unda rus, ingliz va turkiy tillarda maqolalar chop etiladi.
Tarqatish hududi: elektron (online) ko‘rinishda
Davriyligi: Jurnal har oyda bir marta elektron ko‘rinishda nashr etiladi
Tahririyatning joylashgan joyi: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Qo‘yliq ota MFY, Qo‘yliq ota 5-berk 13-uy.
Telefon: (99)878-27-29; (99) 819-78-97
Pochta manzili: milliymeros_akademiyasi@mail.ru
Instagram: @Milliymeros_akademiyasi
Telegram: https://t.me/NationalHeritageAcademy
Jurnalda chop etilgan maqolalarda keltirilgan faktlar, ma’lumotlar, ilmiy xulosalar va ularning haqqoniyligi uchun mas’uliyat mualliflar zimmasiga yuklatiladi.