O‘ZBEK ASKIYA SAN’ATINING JANRIY-POETIK XUSUSIYATLARI VA IJROCHILIK AN’ANALARI

Authors

Keywords:

askiya, o‘zbek folklori, nomoddiy madaniy meros, payrov, so‘z o‘yini, iyhom, hozirjavoblik, improvizatsiya, kulgi, folklorona aktyorlik, askiyachilik maktabi, Farg‘ona vodiysi, Toshkent vohasi.

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodining noyob janrlaridan biri - askiya san’atining tarixiy-folkloriy ildizlari, janriy xususiyatlari, ijro tabiati, badiiy-poetik imkoniyatlari va ijtimoiy-madaniy ahamiyati tahlil qilinadi. Askiyaning xalqning kundalik hayoti, muloqot madaniyati, hozirjavoblik, zukkolik, so‘z boyligi va badiiy tafakkuri bilan uzviy aloqasi ochib beriladi. Janrning asosiy poetik mexanizmi bo‘lgan so‘z o‘yini, iyhom, qochirim, kinoya, mubolag‘a va ko‘pma’nolilikning kulgi hosil qilishdagi o‘rni misollar asosida yoritiladi. Shuningdek, askiya ijrosida payrovning ahamiyati, ijrochi va auditoriya o‘rtasidagi ijodiy munosabat, badiiy improvizatsiya hamda folklorona aktyorlik mahorati masalalari tadqiq etiladi. Maqolada askiyachilik maktablarining shakllanishi, Farg‘ona vodiysi va Toshkent vohasining janr taraqqiyotidagi o‘rni hamda askiya san’atini zamonaviy madaniy muhitda rivojlantirishning ilmiy-amaliy yo‘nalishlari xususida fikr yuritiladi.

Author Biography

  • Oygul Axmedova, Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti professori,

    filologiya fanlari nomzodi, professor

References

1. Раҳмонов М.Ўзбек театри тарихи. Т. ФАН. 1968.

2. Қодиров М.Томоша санъати.Т.1993.

3. Муҳаммадийев Р.Аския. Т.: Ғ.Ғулом, 1970.

4. Мадаев.Ўзбек халқ оғзаки ижоди. Т.: “Мумтоз сўз”, 2010.

Additional Files

Published

2026-10-31