FARG‘ONA VODIYSI (QO‘QON SHAHRI) OILAVIY MAROSIMLARI TIZIMIDA “KUYOV CHIQDI” MAROSIMINING SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • Oygul Axmedova Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Author

Keywords:

Kokand, family rituals, wedding ceremony, “Kuyov chiqdi” (“The Groom Comes Out”), chimildiq, “kuyov tanishuv” (introduction of the groom), “yuz ochdi” (face unveiling), “un elash” (sifting flour), hearth, supra, magical beliefs, symbol, tradition, folklore.

Abstract

Maqolada Farg‘ona vodiysi, xususan, Qo‘qon shahri oilaviy marosimlar tizimida shakllangan “Kuyov chiqdi” marosimining o‘ziga xos etnografik va folkloriy xususiyatlari tahlil qilinadi. Marosimning nikoh to‘yidan uch kun o‘tib o‘tkazilishi, uch kunlik chimildiq davri, kuyovning ommaga birinchi marta ochiq ko‘rinishi, “kuyov tanishuv”, “yuz ochdi”, “un elash”, “o‘choq boshi” va “kelin salom” kabi udumlar bilan uzviy bog‘liqligi uning murakkab marosimiy tizim ekanini ko‘rsatadi. Maqolada mazkur marosimdagi sovg‘a-salom, gilam, meva daraxti shoxi, paxta, un, supra, yog‘, o‘choq kabi predmet va harakatlarning ramziy-ma’noviy mazmuni ochib beriladi. Shuningdek, “Kuyov chiqdi’ marosimi o‘zbeklarning tug‘ilish, nikoh va motam marosimlarida kuzatiladigan himoyaviy, baraka tilash, ko‘payish va yangi bosqichga o‘tish kabi arxaik tasavvurlar bilan qiyoslanadi. Marosimning Qo‘qon shahriga xos lokal xususiyatlari uni Farg‘ona vodiysi oilaviy marosimlarining muhim etnomadaniy ko‘rsatkichlaridan biri sifatida baholash imkonini beradi.

Author Biography

  • Oygul Axmedova, Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti

    Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti professori, filologiya fanlari nomzodi

Additional Files

Published

2026-09-05