DUTOR SAN’ATIDA USTOZ-SHOGIRD AN’ANASI NOMODDIY MADANIY MEROSNI UZATISH MEXANIZMI SIFATIDA

Authors

  • Xusnora Shukurjonova Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi Author

Keywords:

dutor art, master–apprentice tradition, intangible cultural heritage, transmission of heritage, oral tradition, apprenticeship, “oral diploma”, women’s performance, dutor making.

Abstract

Maqolada o‘zbek dutor san’atidagi ustoz-shogird an’anasi nomoddiy madaniy merosni avloddan avlodga uzatishning asosiy mexanizmi sifatida madaniyatshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Musiqashunoslik va cholg‘ushunoslik manbalari asosida “ustoz” tushunchasining ma’naviy va amaliy mazmuni, shogirdlikka qabul qilish tartibi, ta’lim bosqichlari, intizom qoidalari hamda shogirdlikni yakunlovchi “og‘zaki diplom” marosimi yoritiladi. Ayollar dutor ijrochiligi va dutorsozlikdagi meros uzatish xususiyatlari alohida ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy sharoitda ommaviy axborot vositalari, ovoz yozish texnikasi va jamoaviy ta’lim shakllari ta’sirida an’anaviy uzatish mexanizmida yuz berayotgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ustoz-shogird an’anasini faqat pedagogik usul emas, balki bilim, ko‘nikma, qadriyat va ijtimoiy munosabatlarni birgalikda uzatuvchi yaxlit madaniy institut sifatida baholash zarurligini ko‘rsatadi

Author Biography

  • Xusnora Shukurjonova, Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi

    Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy tadqiqot instituti mustaqil izlanuvchisi, Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi

Additional Files

Published

2026-09-05