O‘ZBEK DORBOZLIK VA POLVONLIK SAN’ATINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI ( FARG‘ONA VODIYSI MISOLIDA)
Keywords:
rope walking, traditional wrestling, national wrestling, Fergana Valley, intangible cultural heritage, traditional performing arts, master-apprentice tradition, traditional sport, cultural tourism, folklore, rope-walking art, culture, national identity, prospects, opportunities, development, history, period, performance, courage.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbek xalqining qadimiy an’anaviy tomosha va jismoniy madaniyat shakllaridan bo‘lgan dorbozlik hamda polvonlik san’atining tarixiy-madaniy ildizlari, Farg‘ona vodiysidagi o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlari va zamonaviy istiqbollari tahlil qilinadi. Dorbozlikning xalq sayillari, to‘ylar, bayramlar va ommaviy tomosha tadbirlaridagi o‘rni, polvonlikning esa milliy kurash, marosim va mahalla madaniyati bilan bog‘liqligi yoritiladi. Farg‘ona vodiysida ushbu san’atlarning avloddan-avlodga ustoz-shogird an’anasi asosida o‘tib kelayotgani, shu bilan birga zamonaviy sharoitda ularni tizimli ravishda hujjatlashtirish, yoshlar orasida ommalashtirish, professional tayyorgarlik va xavfsizlik talablarini kuchaytirish zarurligi asoslanadi. Maqolada dorbozlik va polvonlikni milliy nomoddiy madaniy merosning tarkibiy qismi sifatida asrash, ta’lim, turizm, festival va zamonaviy media imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari suriladi.
Additional Files
Published
Issue
Section
License
This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.



