O‘ZBEK MАROSIM QO‘SHIQLАRINING ILMIY JIHАTDАN TАSNIFLАNISHI

Authors

  • Asatillo Sunnatillayev Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti Author

Keywords:

marosim folklori, marosim qo‘shiqlari, tasnif, janr, oilaviy-maishiy marosimlar, mavsumiy marosimlar, folklorshunoslik, poetika, an’ana.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek marosim qo‘shiqlarining folklorshunoslik nuqtayi nazaridan ilmiy tasnifi, ularning janriy xususiyatlari, funksional vazifalari va marosim tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Marosim qo‘shiqlarining oilaviy-maishiy va mavsumiy marosimlar bilan bog‘liq turlari, ularning ijro muhiti, poetik tuzilishi, obrazlar tizimi hamda badiiy-estetik xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, marosim qo‘shiqlarini tasniflashda tarixiy-genetik, funksional va janriy mezonlarning ahamiyati ochib beriladi. O‘zbek folklorshunosligida mavjud ilmiy qarashlar umumlashtirilib, marosim qo‘shiqlarining tasnifiy belgilari tizimlashtiriladi. Tadqiqot natijalari marosim folklorini o‘rganish, uning janriy tarkibini aniqlash va milliy madaniy merosdagi o‘rnini ilmiy asosda baholashga xizmat qiladi.

Author Biography

  • Asatillo Sunnatillayev, Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti

    Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, mustaqil izlanuvchi (PhD)

Additional Files

Published

2026-09-05