O‘ZBEK AN’ANAVIY MUSIQASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA BADIIY-IJROVIY AN’ANALARI

Authors

  • Alisher Shukurov Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi Author

Keywords:

Uzbek traditional music, musical folklore, oral folk traditions, classical music, national performance traditions, regional styles, master–apprentice tradition, intangible cultural heritage.

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek an’anaviy musiqa san’atining tarixiy shakllanishi, janriy xilma-xilligi, badiiy-estetik xususiyatlari hamda milliy ijrochilik an’analari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, musiqa folklori va mumtoz musiqa o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, xalq og‘zaki ijodida so‘z, ohang, ovoz va harakat uyg‘unligi, musiqiy asarlarning hududiy va mahalliy ijrochilik xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, an’anaviy musiqaning avloddan avlodga o‘tish jarayonida ustoz-shogird an’analarining ahamiyati, folklor musiqasiga xos ommaviylik, an’anaviylik, o‘zgaruvchanlik, badihago‘ylik va vazifadorlik kabi xususiyatlar tadqiq etiladi. O‘zbek xalq musiqa merosida dostonchilik, xalfachilik, laparchilik, yallachilik va maqom ijrochiligining o‘ziga xos jihatlari hamda ularning milliy madaniy merosni saqlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda an’anaviy musiqaning tarixiy davomiyligi va zamonaviy madaniy jarayonlardagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi.

Author Biography

  • Alisher Shukurov, Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi

    kichik ilmiy xodim

Additional Files

Published

2026-09-05