O‘ZBEK FOLKLORIDA AFORISTIK JANRLARNING O‘ZARO MUNOSABATI VA BADIIY-FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI

Authors

  • Saidqul Alimov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti Author

Keywords:

o‘zbek folklori, aforistik janrlar, naql, maqol, ertak, janrlararo munosabat, didaktik g‘oya, semantik xususiyat.

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi aforistik janrlarning o‘zaro munosabatlari, xususan, naql va maqol janrlarining strukturaviy, semantik hamda badiiy-funksional xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etiladi. Aforistik janrlarning shakllanishi, tarixiy taraqqiyoti va folklor janrlari tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Naql janrining ertak, masal va maqol bilan o‘zaro aloqalari, ularning umumiy hamda farqli jihatlari qiyosiy-tipologik yondashuv asosida yoritiladi. Naql syujetida voqealar rivojining didaktik g‘oyaga bo‘ysundirilishi, ramziy obrazlarning badiiy-estetik vazifasi, axloqiy-falsafiy mazmunning xalq tafakkuri bilan bog‘liqligi asoslanadi. “Majnuntol bilan terak” hamda “Xasis boy va uning o‘g‘illari” naqllari misolida kamtarlik, insoniylik, ezgulik, ochko‘zlik va ma’naviy qadriyatlar talqini ochib beriladi. Shuningdek, xalq maqollarining naqllardagi g‘oyaviy mazmunni umumlashtirishdagi o‘rni hamda janrlararo funksional yaqinlikning tarixiy ildizlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida naql va maqol janrlari strukturaviy jihatdan farqlanishiga qaramay, ularning axloqiy-didaktik vazifasi, semantik mushtarakligi va tarbiyaviy ahamiyati o‘zaro uzviy bog‘liq ekanligi ko‘rsatiladi.

Author Biography

  • Saidqul Alimov, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti

    O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi, dotsent

References

1. Лихачев Д. С. Система литературных жанров Древней Руси // V Международный съезд славистов. Доклады советской делегации. – Москва, 1963. – С. 48.

2. Laylak keldi, yoz bo‘ldi. – Toshkent: Mehnat, 1990. – 175-b.

3. Rahmonov N. Ko‘hna bitiktoshlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1991. – 58-b.

4. Тухлиев Б. «Кутадгу билиг» Юсуфа Хас Хаджиба и тюркоязычный фольклор: автореф. дис. ... д-ра филол. наук. – Ташкент, 1992. – С. 23.

5. O‘zbek xalq maqollari. – Toshkent: Fan, 1981.

6. Oltin olma. – Toshkent, 1966. – 291-b. 5. O‘zbek xalq naqllari. “Majnuntol bilan terak”, “Xasis boy va uning o‘g‘illari” namunalari o‘rin olgan folklor to‘plamlari.

Additional Files

Published

2026-10-05