AN’ANAVIY O‘ZBEK CHOYXONALARI: PAYDO BO‘LISH TARIXI, TURLARI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI O‘RNI

Authors

  • Umidjon Tursunov Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti bosh mutaxassisi Author

Keywords:

choyxona, samovar, Ilhom samovarchi, Qo‘qon xonligi, askiya, maqom, mahalla, madaniy meros, milliy qadriyatlar.

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek xalqining ko‘p asrlik madaniy hayotida muhim o‘rin tutgan choyxonalarning kelib chiqish tarixi, ularning turlari va jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy vazifalari yoritilgan. Xususan, XVIII asr boshlarida Qo‘qon xonligida choy savdosining yo‘lga qo‘yilishi va ilk choyxonalarning paydo bo‘lish jarayonlari tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, Toshkent shahridagi mashhur “Ilhom samovarchi” faoliyati misolida choyxonalarning ma’rifatparvarlik, san’at va musiqiy hayot markazi sifatidagi o‘rni ochib berilgan. Sovet davrida choyxonalarning mafkuralashtirilishi hamda bugungi kunda milliy qadriyatlarning tiklanish jarayonidagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.

Author Biography

  • Umidjon Tursunov, Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti bosh mutaxassisi

    Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy ekspeditsiyalarni tashkil etish va arxivlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi

     

References

1. Xo‘qandiy, Muhammad Yahyoxon. Xo‘qandi latif hunarmandchiligi. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2021.

2. Тўҳтамурод Зуфаров. Соз ва созгарлик тарихи. “MERIUS”. Тошкени-2014.

3. G‘ulom, G‘afur. Shum bola. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.

4. Etnografik kuzatishlar va xalq og‘zaki ijodi materiallari.

Additional Files

Published

2026-10-05